Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman boshchiligida yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda uning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan amalga oshirilgan monitoring tashriflari davomida qator muassasalarda inson huquqlari va yaratilgan sharoitlarga oid holatlar va ularning tegishli normativ hujjatlarga muvofiqligi o‘rganilmoqda.

Jumladan, muassasalarning qish mavsumiga tayyorgarlik holati, kameralardagi harorat, yashash, ovqatlanish hamda tibbiy xizmatdan foydalanish sharoitlari, tergov va advokatlar xonalari ko‘zdan kechirilmoqda. 

Xususan, Namangan viloyatidagi Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlaridagi mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari,  Norin tumanidagi vaqtinchalik saqlash hibsxonasi, Surxondaryo viloyatidagi Ma’muriy qamoqxona hamda Muayyan yashash joyga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 2-son tergov hibsxonasiga monitoring  tashriflari amalga oshirildi. 

Ayni damda Ombudsman hamda uning jamoatchilik vakillari bilan birgalikda  Xorazm viloyatidagi qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarga monitoring tashriflarini amalga oshirishmoqda. 

Shuningdek,  Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida joylashgan 10-sonli JIEMdagi sharoitlar bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar Ombudsmanning Qashqadaryodagi mintaqaviy vakili tomonidan o‘rganilmoqda. 

Monitoring tashriflarida u yerda saqlanayotgan shaxslar bilan jamoaviy va yakka tartibdagi suhbatlar o‘tkazilib, ular murojaatlari o‘rganilmoqda.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha jamoatchilikka batafsil ma’lumot beriladi.  

Eslatib o‘tamiz, monitoring tashriflari yakunlariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ularni o‘z vaqtida bartaraf etilishini ta’minlash maqsadida mutasaddi vazirlik va idoralarga tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha Ombudsmanning tavsiyalari kiritiladi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati