Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Konstitutsiya inson huquqlarini himoya qilishning mustahkam poydevori
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) jamoasi o‘zbek xalqini 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan tabriklaydi!

Bosh qomusimiz – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy kafolati, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda muhim dasturul amaldir

Inson o‘z huquqlarini to‘la tushungandagina, ularni himoya qilishda qatʼiylik va ishonch bilan harakat qila oladi. Yangilangan Konstitutsiyamizda inson huquqlarini himoya qilishning keng imkoniyatlari yaratilgani har bir fuqaroning o‘z huquqlarini bilish va ulardan foydalanish madaniyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Konstitutsiya qoidalarini chuqur o‘rganish va ularga amal qilish nafaqat shaxsiy manfaatlarni himoya qilish, balki jamiyatda adolat, qonun ustuvorligi va huquqiy ongni yuksaltirishga xizmat qiladi. 

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni yana bir bor bayram bilan tabriklab, xonadoningizga tinchlik, totuvlik va farovonlik tilaymiz. Bosh qomusimiz belgilagan tamoyillar har bir fuqaroning hayotida adolat va huquqlarini taʼminlashda mustahkam asos bo‘lib xizmat qilaversin

Hurmat bilan Ombudsman jamoasi!