Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Xorazmda inson huquqlarini taʼminlashga oid masalalar muhokama qilindi
2024 yil 10 dekabr kuni Xorazm viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi hamda Xalqaro inson huquqlari kuniga bag‘ishlab tadbir tashkil etildi. Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida o‘tkazilgan tadbir “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning inson huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi vakolatlari” mavzusiga bag‘ishlandi.

Inson huquqlarini himoya qilish borasidagi yangi qonunchilik mexanizmlariga jamoatchilik eʼtiborini qaratish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda senator va deputatlar, davlat organlari, mahalliy hokimiyat vakillari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda taʼkidlanishicha, yangilangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har bir insonning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini yana-da yuqori darajada kafolatlangan. Unda inson huquqlariga oid normalar 3,5 barobarga oshib, 50 dan ortiq normalarda o‘z aksini topgan.

Taʼkidlash lozimki, 2024 yilning 15 noyabr kuni Davlat rahbari tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonuni ham Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilgan.

Tadbirda davlat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlik kuchaytirish, jamoatchilik nazoratini mustahkamlash bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati