Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) Kotibiyatiga fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilmoqda va tegishli choralar ko‘rilmoqda.

O‘zboshimchalik bilan boshlangan qurilish ishlarini to‘xtatish, yolg‘iz keksa ayolning ijtimoiy masalasi bo‘yicha murojaatlar Ombudsmanning Farg‘ona viloyati va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari tomonidan o‘rganildi.

Mazkur shikoyatlarning baʼzilari joyida hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlarga oid hujjatlar to‘planib, o‘rganib chiqilmoqda. O‘rganish natijalariga bo‘yicha tegishli taʼsir hujjati tayyorlanadi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati