Unda 20 yoshli qiz turmushi davomida uzoq muddat sobiq eri tomonidan kaltaklangani, shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lingani, giyohvand moddalarini qabul qilishga zo‘rlangani va ichki ishlar organlariga qilgan murojaatlari natijasiz qolganligi holati bo‘yicha Bosh prokuraturaga Ombudsmanning so‘rov xati yuborilgani maʼlum qilingan.
Ombudsmanga maʼlum qilinishicha, jinoyat ishi Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganilib, tergov harakatlarini o‘tkazishlik uchun shu viloyat IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasiga o‘tkazilgan. Olib borilgan tergov harakatlari davomida o‘tkazib yuborilgan muddatlar tiklanib, dastlabki tergov muddati uzaytirilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davomida, jinoyat ishi bo‘yicha tuzilgan ayblov xulosasi JPKning 381-moddasi tartibida tasdiqlash va tegishli sudlovga yuborish uchun Toshkent viloyat prokuraturasiga yuborilgan.
Hozirda murojaatchining sobiq eriga nisbatan Jinoyat kodeksining 1261-moddasi 6-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga oshirilgan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati