Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Sirdaryodagi 8-sonli tergov hibsxonasidagi sharoitlar o‘rganildi
15 May
2023 yilning 12 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Alimov 8-son Tergov  hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Sirdaryoda maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
12 May
2023 yilning 10 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Alimov tomonidan Sirdaryo viloyatidagi Maʼmuriy tartibda hibsga olingan shaxslarni saqlash uchun Maxsus qabulxonaga monitoring tashrifi amalga oshirildi.
Ombudsman Andijon viloyatidagi yopiq muassasalardagi sharoitlarni o‘rgandi
12 May
2023 yilning 11 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va xodimlarining Andijon viloyatiga qilgan tashrifi doirasida 3-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi. Unda OAV ham bevosita ishtirok etib, muassasadagi sharoitlar bilan tanishishdi.
Ombudsman Surxondaryodagi shifoxonada IIB xodimi erkakni kishanlab, jismoniy kuch ishlatgani holati bo‘yicha munosabat bildirdi 
12 May
Ijtimoiy tarmoqlar va OAV orqali 2023 yilning 12 may kuni tarqalgan ichki ishlar xodimi shifoxonada qo‘li kishanlangan fuqaroni qiynab, uni kaltaklagani aks etgan video Ombudsmanning Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Abdurashid Artikov tomonidan o‘rganildi.
Ombudsmanga Sirdaryodan ichimlik suvi yo‘qligi bo‘yicha murojaat kelib tushdi
12 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili shuhrat Alimovga Mirzaobod tumani, “Navbaxor” MFYda yashovchi fuqaro X.A. ko‘p qavatli uylardan biriga suv kelmayotgani bo‘yicha murojaat kelib tushdi.
Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Beshariq tumani aholisi murojaatlarini o‘rgandi
10 May
Joriy yilning 10 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov hamda Beshariq tumani hokimi Rasuljon Jo‘rayevlar tuman xalq qabulxonasida fuqarolarning sayyor qabulini o‘tkazishdi. Unda hokimlik mutaxassislari hamda tegishli mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etishdi.
Ombudsman AQSHning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi
10 May
2023 yilning 10 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi.
Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida “Ombudsman maktabi” loyihasi tadbiri bo‘lib o‘tdi
08 May
"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida"gi Qonunning 20 prim 2 moddasida Vakil fuqarolarning inson huquqlari va erkinliklari sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari va xalqaro shartnomalari, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari hamda normalari to‘g‘risidagi bilimi va xabardorligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rishi belgilangan.
Toshkent viloyatidagi 1-son Tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi
06 May
Joriy yilning 6 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va uning huzuridagi jamoatchilik guruhlari vakillari tomonidan Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi 1-son Tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.