Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Yopiq muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi: murojaatlar asosida amaliy yordam ko‘rsatildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) instituti tomonidan joriy haftada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Farg‘ona, Sirdaryo, Andijon, Surxondaryo, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida joylashgan bir qator yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Tashriflar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan 2-son tergov hibsxonasi, Respublika ixtisoslashtirilgan Narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Navoiy viloyati filiali, Farg‘ona viloyatida joylashgan 10-son tergov hibsxonasi, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati bo‘yicha Andijon viloyati filiali, Sirdaryo viloyati Hovos qo‘rg‘onida joylashgan 8-son tergov hibsxonasi, Surxondaryo viloyatidagi muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi, maxsus qabulxona va Respublika ixtisoslashtirilgan Narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo viloyati filiali, Namangan viloyati Pop tumanidagi 6-son Jazoni ijro etish koloniyasi hamda Toshkent shahrida joylashgan 23-son Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonasidagi sharoitlar o‘rganildi.

Monitoringlar davomida saqlanayotgan shaxslarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatlardan foydalanish, dori vositalari va oziq-ovqat zaxiralari, uchrashuv xonalari, sayilgohlar, savdo do‘konlari hamda issiqlik ta’minoti kabi shart-sharoitlar o‘rganildi. “Ombudsman quti”lari orqali kelib tushgan va fuqarolar murojaatlari asosida yakka va jamoaviy suhbatlar tashkil etildi.

Monitoring paytida kelib tushgan murojaatlardan biri — Andijon viloyatidagi Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazida yashovchi shaxsning tibbiy yordam so‘rovi bo‘ldi. U ko‘zini ko‘rikdan o‘tkazish va tish protezi qo‘ydirishda amaliy yordam so‘ragan.

Murojaat Ombudsman tomonidan nazoratga olinib, tezkor o‘rganildi. Natijada, murojaatchi viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasida chuqurlashtirilgan tekshiruvdan o‘tkazildi, jarrohlik amaliyoti tavsiya qilindi. Hozirda markaz shifokorlari tomonidan jarrohlik amaliyotiga tayyorlash uchun davolash choralari ko‘rilmoqda. Bundan tashqari, unga Asaka shahrida joylashgan MCHJ stomatolog mutaxassislari tomonidan tish protezi qo‘yib berildi.

Monitoring yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralarga Ombudsman ta’sir choralari kiritiladi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari