Murojaatda, mahalliy aholi roziligisiz va sud qarorlariga qarshi ravishda ko‘p qavatli qurilish ishlari olib borilayotgani qayd etilgan. Sud qarorlariga ko‘ra, qurilish to‘xtatilishi lozim, ammo ish haligacha davom etmoqda.
Ayni paytda Ombudsman ushbu murojaatni nazoratga olgan va tegishli davlat organlaridan rasmiy axborot va tushuntirishlar so‘rab olinmoqda.
Sud qarorlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishi – huquq ustuvorligining asosiy kafolatidir. Uning buzilishi esa fuqarolarning adolatga ishonchiga jiddiy zarba beradi.
Ushbu masala yuzasidan o‘rganish natijalari bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha maʼlumot beriladi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati