Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Jamg‘arma hisobidan voyaga yetmagan bolalar manfaatida 109,4 mln so‘m aliment puli undirilishi belgilandi - Ombudsman
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga fuqaro D.J. tomonidan murojaat qilib, farzandlarining otasi S.X. voyaga yetmagan ikki nafar farzandi uchun uzoq vaqtdan buyon aliment to‘lamay kelayotgani, shuningdek, aliment qarzdorligini "Aliment jamg‘armasi" hisobidan to‘lab berilishi haqida ariza bilan murojaat qilgan bo‘lsada, murojaati qanoatlantirilmaganligini maʼlum qilgan.

Murojaatni o‘rganish davomida S.X. 2017-yildan buyon aliment to‘lovidan bo‘yin tovlab kelayotgani aniqlandi. 2024-yil 12-fevralda sud tomonidan unga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan, 2025-yil 14-yanvarda esa sud hukmiga asosan 6 oyga ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan “Aliment to‘lovlari jamg‘armasi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, voyaga yetmagan farzandini moddiy taʼminlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan qarzdordan jinoyat ishlari bo‘yicha suddan kelib tushgan aliment to‘lovlaridan yuzaga kelgan qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan undirish choralari ko‘riladi.

Qonunchilik hujjatlarida belgilangan barcha choralar natijasiz bo‘lgan taqdirda, davlat ijrochisi tomonidan aliment to‘lovlarini qoplab berish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi hamda ikki ish kunidan kechiktirilmagan holda to‘lovlar amalga oshiriladi.

Ombudsmanning Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga yuborgan murojaati asosida fuqaro D.J.ning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi manfaatida Aliment to‘lovlari jamg‘armasi hisobidan 109,4 million so‘m mablag‘ uning shaxsiy plastik kartasiga to‘liq o‘tkazilishi taʼminlandi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari