Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
2025-yilning 28-mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda uy-joy, kadastr, ishga tiklash, sud-tergov, pensiya, shaxsga nisbatan firibgarlik holatlari, mehnat huquqlarining kafolatlanishi, ijtimoiy va moddiy yordam olish, bank-kredit masalalari bo‘yicha 40 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi.

Murojaatlarning barchasi Ombudsman nazoratiga olinib, ularning ba’zilari joyiga chiqib o‘rganish uchun Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin. Ularning ism-shariflari, vazifalari, qabul kunlari, manzili va telefon raqamlari haqida ombudsman.uz sayti orqali tanishasiz.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari