Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, shu jumladan, inson huquqlari sohasidagi qator yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashdilar.
Xususan, Ombudsman boshchiligida jamoatchilik guruhlari bilan birgalikda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarga amalga oshirilgan monitoring tashriflari, ushbu tashriflar samaradorligini oshirish maqsadida maxsus metodologiyani ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, monitoringlarda ishtirok etuvchi xodimlar va jamoatchilik guruhlari a’zolarining tizimli ravishda malakasini oshirib borish, shuningdek, xalqaro standartlar, Nelson Mandela qoidalarining qo‘llanilishi masalalari to‘g‘risida ham fikr almashildi.
Tomonlar, shuningdek, Ombudsman institutiga yuborilayotgan murojaatlar tahlili va ular yuzasidan ko‘rilayotgan ta’sir choralari hamda natijalar bilan qiziqishdi.
Uchrashuvda shuningdek, hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tdi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, inson huquqlari sohasidagi qator yo‘nalishlar bo‘yicha kelishib oldilar.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati