Andijon viloyatidagi 2 va 62-sonli, Farg‘ona viloyatidagi 20-sonli, Sirdaryo viloyatidagi 22-sonli, Buxoro shahridagi 6, 14 va 46-sonli, Namangan shahridagi 38-sonli, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 10 va 15-sonli hamda Zangiota tumanidagi 27 va 32-sonli umumtaʼlim maktablari yuqori sinf o‘quvchilari ekologik huquqlar, atrof-muhitni asrashning ahamiyati va kelajak uchun masʼuliyat haqida bilim oldilar.
Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar interaktiv usulda tashkil etilib, “Atrof-muhitni muhofaza qilish — kelajakka g‘amxo‘rlik” mavzusidagi videodars orqali yoshlarga ekologiya va huquqlar haqidagi maʼlumotlar yana-da tushunarli va qiziqarli shaklda yetkazildi.
Darslar davomida o‘quvchilar nafaqat atrof-muhit haqida, balki inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyati haqida ham maʼlumotlarga ega bo‘ldilar. Faol savol-javoblar va jonli muhokamalar orqali ular o‘z bilimlarini mustahkamlashdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati