Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Budapeshtda Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19 May
Avval xabar berganimizdek, 2023 yilning 16-19 may kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) F.Eshmatova Turkiya, Ozarbayjon va Qozog‘iston Ombudsmanlari bilan birgalikda Vengriya Respublikasida xizmat safarida bo‘lishdi.
Ombudsmanning Xorazmdagi mintaqaviy vakili Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan chekka hududda yashovchi fuqarolar bilan uchrashdi
18 May
2023 yilning 17 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Olloyorov viloyatning Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan chekka hududi hisoblangan Tuproqqala tumani “Yangi zamin” mahallasida tuman xokimi Sh.Axmedov bilan hamkorlikda sayyor qabul o‘tkazdi.
O‘zbekiston va Vengriya Ombudsmanlarining inson huquqlarini ta'minlashdagi  hamkorligi mustahkamlanmoqda
17 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Feruza Eshmatova shu kunlarda Vengriya Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Vengriya Respublikasi Asosiy huquqlar kommisari Akos Kozma tomonidan tashkil etilayotgan Ombudsman va inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar rahbarlarining birinchi rasmiy konferensiyasi doirasida 16-19 may kunlari qator uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili qo‘shtepalik fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi
16 May
2023 yilning 16 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov Qo‘shtepa tumanining G‘ishtmon mahallasida fuqarolarning sayyor qabulini o‘tkazishdi. Unda tegishli mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etishdi.
Sirdaryodagi 8-sonli tergov hibsxonasidagi sharoitlar o‘rganildi
15 May
2023 yilning 12 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Alimov 8-son Tergov  hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Sirdaryoda maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
12 May
2023 yilning 10 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Alimov tomonidan Sirdaryo viloyatidagi Maʼmuriy tartibda hibsga olingan shaxslarni saqlash uchun Maxsus qabulxonaga monitoring tashrifi amalga oshirildi.
Ombudsman Andijon viloyatidagi yopiq muassasalardagi sharoitlarni o‘rgandi
12 May
2023 yilning 11 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va xodimlarining Andijon viloyatiga qilgan tashrifi doirasida 3-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi. Unda OAV ham bevosita ishtirok etib, muassasadagi sharoitlar bilan tanishishdi.
Ombudsman Surxondaryodagi shifoxonada IIB xodimi erkakni kishanlab, jismoniy kuch ishlatgani holati bo‘yicha munosabat bildirdi 
12 May
Ijtimoiy tarmoqlar va OAV orqali 2023 yilning 12 may kuni tarqalgan ichki ishlar xodimi shifoxonada qo‘li kishanlangan fuqaroni qiynab, uni kaltaklagani aks etgan video Ombudsmanning Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Abdurashid Artikov tomonidan o‘rganildi.
Ombudsmanga Sirdaryodan ichimlik suvi yo‘qligi bo‘yicha murojaat kelib tushdi
12 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili shuhrat Alimovga Mirzaobod tumani, “Navbaxor” MFYda yashovchi fuqaro X.A. ko‘p qavatli uylardan biriga suv kelmayotgani bo‘yicha murojaat kelib tushdi.