Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
murojaat
Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili yordamida Muruvvat uyidagi erkaklarga ID-kartalar topshirildi
06 Iyu
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi rahbariyati ushbu muassasada yashovchi nogironlarning ayrimlariga shaxsini tasdiqlovchi hujjat olib berishda yordam so‘rab Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga murojaat qilgan edi. Chunki, mazkur muassasada ko‘p yillardan buyon parvarishlanib kelinayotgan 7 nafar shaxs mustaqil ravishda muloqot qilib, o‘z fikrini bayon etish imkoniyatiga ega emas.
Ombudsman aralashuvi bilan Muruvvat uyidagi nogironligi bo‘lgan ayollarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat berildi
03 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Buxoro Muruvvat nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyida yashab kelayotgan bir guruh ayollar shaxsini tasdiqlovchi hujjatini rasmiylashtirilishida yordam so‘rab murojaat qilgan edi.
Ombudsmanga 75 yoshni qarshilagan ota “Saxovat”uyiga joylashtirishni so‘rab murojaat qildi
28 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsaman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Gulnora Abduvaxidovaga Xo‘jaobod tumanida yashagan 75 yoshli ota murojaat qilib, “Saxovat” internat uyiga joylashtirilishda yordam so‘radi.
Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
27 Iyu
Bugun yaʼni 2023 yilning 27 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Ombudsman Nukus tumanida fuqarolar qabulini o‘tkazdi
21 Iyu
2023 yilning 20 iyun kuni Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumaniga qilgan tashrifi doirasida fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Xorazmda YTH sodir etgan shaxs va nihoyat javobgarlikka tortildi - Ombudsman
15 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Ollayorovga murojaatchi M.S. o‘g‘li bilan yo‘l transport hodisasini sodir bo‘lgani va uni sodir etgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilmayotgani bo‘yicha murojaat qildi.
10 nafar xodimga noqulay mehnat sharoitlarda ishlagani va ish yuklamasidan tashqari qo‘shimcha ish bajargani uchun 67 mln so‘m undirildi - Ombudsman
14 Iyu
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Gulnora Abduvohidovaga viloyatdagi Mexanika sho‘ba korxonasining 10 nafar ishchisi murojaat qilib, mehnat huquqlari buzilayotganligini maʼlum qilishgan.
Kasb kasalligi va kompensatsiya
13 Iyu
Ombudsman taqdimnomasiga ko‘ra kasb kasalligiga uchragan 11 nafar fuqaroga 1,5 mlrd so‘mdan ortiq sug‘urta tovoni to‘lab berildi
Ombudsman murojaatidan so‘ng davlat ijrochisiga nisbatan intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan
12 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Toshkent shahridan fuqaro ayol N.M. murojaat qilib, undan jizzaxlik fuqaro A.B. 43,4 mln so‘m qarzdorligini, qarzdorning undiruvga qaratilishi mumkin bo‘lgan mashinasi bo‘lishiga qaramay hali hanuz davlat ijrochilari tomonidan qarz undirilmayotgani bo‘yicha murojaat qildi.
“OMBUDSMAN QUTISI”dagi murojaat izidan
09 Iyu
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili(ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi 21-son Jazoni ijro etish koloniyasida joylashtirilgan “Ombudsman qutisi” orqali kelib tushgan mahkuma F.J.ning farzandlariga moddiy yordam ajratilishida amaliy yordam so‘rab yozgan murojaati Ombudsmanning Buxoro viloyati mintaqaviy vakili tomonidan hududiy mansubligi tufayli  o‘rganib chiqildi. Mahkuma o‘z murojaatida qilgan jinoyatidan qattiq pushaymonda ekanligini bildirib, sodir etgan jinoyati uchun barchadan kechirim so‘ragan. Uning voyaga yetmagan bolalari (9 yosh va 2 yosh) va nogiron onasi moddiy jihatdan juda qiynalayotganligini bildirib, ularni moddiy qo‘llab-quvvatlashda amaliy yordam so‘ragan.  
Murojaatchiga bepul davolanishi uchun order berildi
01 Iyu
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Xorazm viloyati Shovot tumanida yashovchi fuqaro M.I. sog‘lig‘ini tiklashda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
30 May
Bugun yaʼni 2023 yilning 30 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi. Qabulga 30 dan ortiq fuqarolar kelib, o‘z ariza va murojaatlarini qoldirishdi.