Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Murojaatchilarning 100 mln so‘mlik ish haqlari undirildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Sirdaryo viloyatida yashovchi fuqarolarning jamoaviy murojaati kelib tushdi. Unda fuqarolar Guliston shahrida joylashgan ishlab chiqarish korxonasi tomonidan 2023 yil oktyabr va noyabr oylaridagi 15 kunlik ishlagan davrlari uchun ish haqi berilmaganidan shikoyat qilishgan.

Mazkur murojaat nazoratga olinib, Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi va ishga oid hujjatlar to‘plandi.

Shundan so‘ng, Ombudsman tomonidan fuqarolar manfaatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudiga mehnat huquqlarining tiklanishi bo‘yicha daʼvo arizasi kiritildi.

Natijada murojaatchilarga jami 100 mln so‘mdan ortiq ish haqlari to‘liq undirib berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari