Unga ko‘ra, 2022-yilda murojaatchi 22-sonli “Mehribonlik uyi”ni bitirish arafasida uy ajratish bo‘yicha onlayn ro‘yxatga olinib, navbatga qo‘yilgan. Lekin ro‘yxat bo‘yicha navbati kelgan bo‘lsada, fuqaro murojaati yechim topmagan. Uning turli tashkilotlarga qilgan murojaatlari ham natija bermagan.
Mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, uning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili tomonidan tegishli mutaxassislardan iborat ishchi guruh tashkil etildi va holat joyiga chiqib o‘rganildi.
Mazkur holat bo‘yicha tegishli hujjatlar to‘planib, zarur taʼsir choralari tayyorlandi. Natijada murojaatchiga Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uylardan turar-joy ajratilishiga erishildi. Hozirda fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan yangi uyda yashamoqda.
Shuningdek, o‘tgan hafta davomida fuqarolarning shaxsiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarining taʼminlanmayotgani bo‘yicha yo‘llangan murojaatlari Ombudsmanning Namangan, Andijon viloyatlari va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
Mazkur shikoyatlarning ayrimlari masala o‘rganilayotgan joyning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar bo‘yicha zarur hujjatlar to‘planmoqda va o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda. O‘rganish natijalari bo‘yicha tegishli taʼsir hujjati tayyorlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Ombudsman aholi murojaatlarini fuqarolar qabuli, sayyor qabullar, pochta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, www.pm.gov.uz internet portali, ombudsman.uz sayti va mobil ilovasi hamda “Ombudsman quti”lari orqali qabul qiladi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati