Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ish staji arxiv hujjatlarida saqlanmagan fuqarolar huquqi qay tartibda taʼminlanadi?
Fuqaro O.P. pensiya yoshiga yetgan, lekin pensiya tayinlash bo‘yicha yozgan arizasini ko‘rib chiqish jarayonida uning 12 yil davomida xususiy korxonada suvoqchi-bo‘yoqchi bo‘lib ishlagan yillarini tasdiqlovchi hujjatlar arxivda saqlanmagani sababli hisobga olinmagan.

Shundan so‘ng, fuqaro Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga murojaat qilib, ijtimoiy huquqlarining tiklanishida yordam so‘radi.

Mazkur murojaat nazoratga olinib, holat Ombudsmanning Jizzax viloyatidagi vakili tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi va ishga aloqador hujjatlari ko‘zdan kechirildi. 

To‘plangan maʼlumotlar asosida Jizzax tumanlararo maʼmuriy sudiga daʼvo arizasi kiritilishi taʼminlandi.

Sud daʼvo arizani to‘liq qanoatlantirdi va fuqaro O.P.ning hisobga olinmagan ish staji bo‘yicha pensiya tayinlash majburiyati Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Jizzax shahar bo‘limiga yuklatildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati