Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Navoiyda mahkumlar huquqlarining ta’minlanishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi bilan birgalikda Navoiy viloyatidagi 4-son jazoni ijro etish koloniyasida o‘rganishlar olib borildi.

Tashrif davomida mahkumlarni saqlash sharoitlari, qonunchilik talablariga rioya etilishi hamda qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz muomala holatlarining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar o‘rganildi.

Jumladan, mahkumlarning yaqinlari bilan uchrashish va telefon orqali muloqot qilish, tibbiy yordam olish, kitobxonlik va elektron kutubxona imkoniyatlaridan foydalanish huquqlarining ta’minlanishiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, mehnat qonunchiligiga rioya etilishi va mahkumlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilganligi ko‘rib chiqildi.

Monitoringda mahkumlarning kasb-hunar va raqamli ta’lim olish imkoniyatlari hamda yoshlarning ijtimoiy reabilitatsiyasiga qaratilgan «Ikkinchi imkon» milliy loyihasining amalga oshirilishi o‘rganildi. Xavfsiz internet muhiti va zamonaviy axborot texnologiyalari infratuzilmasini yaratish borasidagi ishlar bilan ham tanishildi.

Ishchi guruh a’zolariga muassasani raqamlashtirish, qo‘riqlash vositalari va signalizatsiya tizimlari hamda sun’iy intellekt imkoniyatlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Mahkumlarning murojaat qilish huquqini ta’minlash doirasida muassasadagi «Ombudsman qutisi»ning holati va daxlsizligi ham o‘rganildi.

Monitoring tashriflari natijalari asosida mahkumlar huquqlarini ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish nazarda tutilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati