Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Tenglik va hurmat” platformasi: Xorazmda zo‘ravonlik sodir etgan va bunga moyil shaxslar bilan ishlashga e’tibor qaratildi
Urganch shahrida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Tenglik va hurmat” platformasi doirasida zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil shaxslar ishtirokida tarbiyaviy-psixologik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Ichki ishlar boshqarmasi, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.

Muloqot davomida ishtirokchilarga oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik uchun belgilangan ma’muriy va jinoiy javobgarlik, himoya orderi talablari, shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlari va himoya choralari tushuntirildi.

Shu bilan birga, oilaviy nizolarni zo‘ravonliksiz hal etish, o‘zaro hurmat va mas’uliyat, hissiyotlarni boshqarish hamda sog‘lom muloqot madaniyatini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir zo‘ravonlikning oldini olishda nafaqat jabrlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash, balki zo‘ravonlik sodir etgan yoki bunday xatti-harakatga moyil shaxslarning xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha ham manzilli ishlashga qaratildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati