Monitoringda Qorovulbozor tumanidagi 17-son hamda Kogon tumanidagi 1-son jazoni ijro etish koloniyalari, Buxoro shahridagi 4-son tergov hibsxonasidagi shart-sharoitlar o‘rganildi.
Tashriflar chog‘ida ushbu muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning yashash sharoitlari va oziq-ovqat ta’minoti, tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, muassasalarning shaxslarni saqlash kameralari va tibbiyot xonalarining holati, videokuzatuv tizimlarining ishlashi hamda shaxslarni ko‘rikdan o‘tkazish tartiblari o‘rganildi.
Monitoring jarayonida ushbu muassasalarga o‘rnatilgan “Ombudsman quti”lari orqali kelib tushgan murojaatlar ko‘rib chiqildi va muassasalarda sayyor qabullar o‘tkazilib, murojaatlar qabul qilindi.
Ombudsman tomonidan qiynoqqa solish hollarining oldini olish bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring tashriflari yakunlari asosida tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar, jumladan, monitoring jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralarga Ombudsmanning tegishli ta’sir choralari kiritib boriladi.
Buxoro viloyatidagi yopiq muassasalarga monitoring tashriflari 16 oktyabr kuni ham davom etadi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






