Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga ko‘ra, tashkil etilgan “Rahbar ayollar maktabi” o‘quv dasturi mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi ishtiroki hamda gender tengligini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi hisoblanadi. Mazkur tashabbus ayollarda yetakchilik salohiyatini oshirish, rahbarlik ko‘nikmalarini shakllantirish va ularni yuqori lavozimlarga tayyorlashga qaratilgan.