Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
xabar
Ombudsmanning xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda
12 Iyu
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Umumiy manfaatlarni izlash Xalqaro notijorat assosiatsiyasining O‘zbekistondagi filiali rahbari Keneshbek Saynazarov bilan uchrashdi.
Ombudsman faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha onlayn platforma
10 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyati xodimlari ishtirokida har haftalik ish faoliyatlaridan kelib chiqib, murojaatlar tahlili, malaka oshirish, haftalik rejalarni belgilash bo‘yicha tizimli ravishda onlayn seminarlar o‘tkazilmoqda. Unda Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari ham ishtirok etishadi.
Chekka hududlarda «Ombudsman maktab»lari va sayyor qabullar o‘tkazilmoqda
07 Iyu
Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidan yuborilayotgan murojaatlar soni nisbatan ko‘pligi sababli Ombudsmanning Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili navbatdagi sayyor qabullari aynan ushbu hududdagi “Taroqli” va “Kattabog‘” mahallalarida o‘tkazildi. Unda fuqarolar ish bilan taʼminlash, uy-joy, tibbiy yordam olish, kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalarda murojaat qilishdi.
Davlat organlari va fuqarolik jamiyati vakillari o‘rtasidagi navbatdagi ochiq muloqot tafsilotlari
06 Iyu
Maʼlumki, 3 yildan buyon Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan hamkorlikda inson huquqlarini taʼminlashda davlat boshqaruvi organlari va fuqarolik jamiyati vakillari o‘rtasida ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.
Harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklarini ta’minlash – parlamentning doimiy nazoratida
05 Iyu
Keyingi yillarda mamlakatimizda harbiy xizmatning nufuzini oshirish, harbiy xizmatchilarning va ularning oila a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Inson huquqlarini taʼminlash borasida O‘zbekiston va Finlyandiya hamkorligi mustahkamlanmoqda
04 Iyu
2024-yilning 4-iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Xelsinki universiyeti Qonun ustuvorligi markazi eksperti, Finlyandiya Adliya konsleri o‘rinbosari Mikko Puumalaynen bilan uchrashdi.
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda Finlyandiya tajribasi
04 Iyu
2024-yilning 3-4 iyun kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Finlyandiyaning Tashqi ishlar vazirligi, Xelsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi va Xalqaro Nordik universiteti bilan hamkorlikda Ombudsman Kotibiyati xodimlari uchun seminar-trening tashkil etildi.
Buxoroning Vobkent tumanida Ombudsman mintaqaviy vakilining navbatdagi sayyor qabuli tashkil etildi
31 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida Buxoro viloyatining Vobkent tumanida fuqarolar uchun tadbir tashkil etildi. Unda “Anjirbog‘”, “Bozorjoyi”, “Ko‘liodina”, “Changaron”, “Cho‘rikalon” va “So‘fidehqon” mahallalaridagi aholi qamrab olindi. 
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili magistratura tinglovchilariga mashg‘ulot o‘tdi   
29 May
Ichki ishlar vazirligi akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova ishtirokida mashg‘ulot tashkil etildi. Unda Ombudsman institutining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar xususida so‘z bordi.
Ombudsman 2023-yilda eng ko‘p murojaat yo‘llagan hududdagi fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
29 May
2023-yilda Ombudsmanga kelib tushgan murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p murojaat yuborgan hududlar uchligidan Toshkent shahri o‘rin olgan hamda ushbu hududda jami murojaatlar soni 2226 tani tashkil etgan. Ularda asosan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari ko‘tarilgan.
“Ombudsman maktabi” loyihasi Qarshi tumanida
27 May
Ma’lumki, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan ko‘p murojaatlar kelib tushadigan chekka-chekka hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda. 
Maktablarda joriy o‘quv yilidagi so‘nggi “Ombudsman soatlari” o‘tkazildi
24 May
Xabaringiz bor, Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda o‘quvchilarning huquqiy xabardorligini oshirish uchun respublikamiz bo‘ylab “Ombudsman soati” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu darslar noanʼanaviy, kreativ, qiziqarli o‘tkazilishi uchun Ombudsman tomonidan videodarslar tayyorlangan.