Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Jondor tumanidagi 8-sonli maktab, Buxoro tumanidagi 14- hamda 24-sonli o‘rta umumtaʼlim maktabi, Qorovulbozor tumanidagi 2-maktab, Romitan tumanidagi 7-sonli o‘rta umumtaʼlim maktabi va Qorako‘l tumanidagi 15-o‘rta umumtaʼlim maktablarida “Ombudsman soati” darslari o‘tkazildi. Ularda 500 nafarga yaqin o‘quvchi qamrab olindi.
Mashg‘ulotlar interfaol usullar, videomateriallar va o‘quvchilarning faol ishtirokini taʼminlovchi yondashuvlar asosida tashkil etildi. Unda o‘quvchilarga huquq va burchlarini yaxshi anglashlari uchun qator hayotiy keyslar taqdim etildi va muhokama qilindi. Qolaversa, raqamli muhitda xavfsiz harakat qilish, kiberbulling holatlarini oldini olish va internetdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha video darslik namoyish etildi.
Mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilar turli amaliy vaziyatlar asosida huquqiy holatlarni tahlil qilish, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish hamda o‘z huquqlari buzilgan taqdirda tegishli tashkilotlarga murojaat etish tartiblari haqida zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.






