2024 yilning 16 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi hamkorligida Ombudsman Kotibiyati xodimlari jumladan, Ombudsmanning mintaqaviy vakillari uchun navbatdagi trening o‘tkazildi. Mazkur seminar BMTning shartnomaviy organlariga muqobil hisobotlarni tayyorlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga bag‘ishlandi.