Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
xabar
“Ombudsman soati” Buxoroda: O‘quvchilarning huquqiy bilimlari mustahkamlanmoqda
05 May
Inson huquqlariga oid tushunchalarni shakllantirish yosh avlodda nafaqat o‘z huquqlarini anglash, balki atrofdagilarning huquqlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish ko‘nikmasini ham rivojlantiradi. Shu maqsadda mamlakatimizdagi umumtaʼlim muassasalarida o‘quvchilar uchun “Ombudsman soati” mashg‘ulotlari tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilmoqda.
Navoiyda odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari muhokama qilindi
04 May
2026 yil 4 may kuni Navoiy viloyatida Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha hududiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy komissiya aʼzosi — Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova, hududiy komissiya aʼzolari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tegishli idora va tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
IIV Akademiyasida “Ombudsman maktabi” doirasida ochiq muloqot o‘tkazildi
30 Apr
2026 yil 29 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida “Ombudsman maktabi” o‘tkazildi. Tadbirda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) instituti vakillari, IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari, tinglovchi va kursantlari ishtirok etdi. Unda 90 nafarga yaqin ishtirokchi qamrab olindi.
“Ombudsman soati”: maktablarda huquq va masʼuliyat haqida ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda
29 Apr
Inson huquqlari haqidagi bilim maktab davridanoq shakllansa, yoshlarda nafaqat o‘z huquqini bilish, balki boshqalar huquqini hurmat qilish madaniyati ham mustahkamlanadi. Shu maqsadda respublika bo‘ylab umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari uchun “Ombudsman soati” darslari tashkil etilmoqda.
“Ombudsman maktabi” platformasi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda o‘tkazilmoqda
28 Apr
Aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” platformasi endilikda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda ham tashkil etilmoqda.
Mintaqaviy vakillar mahalliy Kengashlarga inson huquqlarini himoya qilish holati yuzasidan maʼruza taqdim etdi
27 Apr
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonunning 43-moddasiga muvofiq, Ombudsmanning mintaqaviy vakili hududda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holati to‘g‘risida Ombudsman bilan kelishilgan holda har yili tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga maʼruza taqdim etadi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
23 Apr
2026 yilning 22 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Rossiya Federatsiyasi Oltoy o‘lkasi Inson huquqlari bo‘yicha vakili Anton Vasilyev bilan uchrashdi.
Shvetsiya va Daniya migratsiya idoralari vakillari Ombudsman ofisiga tashrif buyurdi
22 Apr
2026 yilning 22 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari Bekzod Narimanov Shvetsiya Qirolligi Migratsiya agentligi vakili Emma Shimichich hamda Daniya Immigratsiya xizmati katta maslahatchisi Aleks Xemmingsen bilan uchrashdi.
Deputatlar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining Ombudsman faoliyatini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan qonunchilik taklifini ko‘rib chiqmoqda.
21 Apr
Hujjat 2024-yil 15-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun normalari ijrosini amalda samarali ta’minlashga qaratilgan. Mazkur qonunda Ombudsmanga qo‘shimcha vakolatlar va ta’sir choralari berilgan edi.
Ombudsman Osiyo Ombudsmanlar Assotsiatsiyasining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etadi
16 Apr
2026 yil 16 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Osiyo Ombudsmanlar Assotsiatsiyasi tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan onlayn tashkil etilgan tadbirda maʼruza bilan ishtirok etdi.
Ombudsman ekologik huquqlarga bag‘ishlangan mintaqaviy tadbirda ishtirok etdi
09 Apr
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) 2026 yilning 9 aprel kuni BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan “Barcha inson huquqlari, jumladan, rivojlanish huquqini amalga oshirishda Shimol–Janub, Janub–Janub va uch tomonlama hamkorlikning o‘rni” mavzusida tashkil etilgan onlayn mintaqaviy tadbirda ishtirok etdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) saylandi
09 Apr
Oliy Majlis Senatining 14-yalpi majlisida F. F. Eshmatovani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) etib saylash masalasi ko‘rib chiqildi.