Unda Ombudsmanning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili, jome masjidi imom-xatibi, Samarqand shahar Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi vakillari hamda probatsiya nazoratida turgan 15 nafar shaxs ishtirok etdi.
Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad probatsiya nazoratidagi shaxslar o‘rtasida xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, oilaviy munosabatlarda o‘zaro hurmat va mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash, shuningdek, huquqbuzarliklarning takror sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat edi.
Ochiq muloqot davomida 15 nafar ishtirokchiga zo‘ravonlikning inson sha’ni, qadr-qimmati va huquqlariga yetkazadigan salbiy oqibatlari, oilaviy nizolarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish, muammolarni zo‘ravonliksiz hal etish hamda qonunchilik talablariga rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va o‘z xatti-harakatlari uchun javobgarlikni his qilish muhimligi qayd etildi.
Ta’kidlash joizki, zo‘ravonlikning oldini olish va unga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish nafaqat mas’ul idoralar, balki butun jamiyatning umumiy vazifasidir. Bunda profilaktik tushuntirish ishlari, huquqiy targ‘ibot va idoralararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






