Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Farg‘ona viloyatidagi Vaqtincha saqlash hibsxonasiga monitoring tashkil etildi
05 Iyu
2022 yilning 17 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov Farg‘ona viloyat IIB Patrul post xizmati va jamoat tartibini saqlash bo‘limi vaqtincha saqlash hibsxonasida bo‘lib, u yerda saqlanayotgan shaxslarning sharoitlari bilan tanishdi. Monitoringda Farg‘ona viloyat prokuraturasining ichki ishlar idoralarida qonunlar ijrosi ustidan nazoratni taʼminlash bo‘limi prokurori S. Igamberdiyev, “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Farg‘ona shahar bo‘limi rahbari M.Jo‘rayevlar ham ishtirok etishdi.
Qiynoqqa solish holatlarini oldini olish bo‘yicha jazoni ijro etish muassasasi xodimlari uchun seminar tashkil etildi
04 Iyu
2022 yilning 2 iyul kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidagi 1-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi, 21-son jazoni ijro etish muassasasining 70 nafardan ortiq xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining I-forumi bo‘yicha xalqaro ekspertlar fikri
04 Iyu
Xabaringiz bor, 2022 yilning 28 iyun kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi, YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, Xalqaro qamoqxonalar islohoti (PRI) tashkilotlari bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining I-Forumi o‘tkazilgan edi. Mazkur forum “Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining inson huquq va erkinliklarini taʼminlashdagi hamkorligi” mavzusiga bag‘ishlandi.
Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
01 Iyu
Joriy yilning 30 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova fuqarolar murojaatlarini shaxsan qabul qildi.
Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari R. Mahmudovaning Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining I forumining ahamiyati haqidagi fikri 
01 Iyu
Forum doirasida Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlari o‘rtasida memorandumlar hamda Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.
O‘zbekiston va Turkmaniston Ombudsmanlari uchrashishdi
01 Iyu
Shu kunlarda, Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining I-forumi doirasida qator xalqaro uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Jumladan, 2022 yilning 1 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova Turkmaniston Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha vakolatli vakili - Ombudsmen Yazdursun Gurbannazarova bilan uchrashdi.
Bolalar huquqlarini himoya qilishda xalqaro hamkorlik
30 Iyu
Joriy yilning 30 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) binosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili Aliya Yunusova hamda Turkmaniston Respublikasining inson huquqlari bo‘yicha vakolatli vakili-Ombudsmen Yazdursun Gurbannazarova ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Samarqand viloyatiga tashrif buyurishdi
29 Iyu
2022 yilning 29 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tashabbusi bilan tashkil etilgan Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining I-forumi doirasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston Ombudsmanlaridan iborat delegatsiya aʼzolarining Samarqand viloyatiga tashrifi amalga oshirildi.
Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya  ilmiy - amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat mintaqaviy filialidagi sharoitlar o‘rganildi
28 Iyu
2022 yil 24 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili  Shuhrat Jo‘rayev Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya  ilmiy - amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat filialida davolanayotgan shaxslar uchun yaratilgan shart -sharoitlarni o‘rgandi.