Ushbu muassasada 305 nafar 18 yoshdan yuqori ruhiy-asab kasalligi bo‘yicha I-II guruh nogironligi bo‘lgan ayollar yashab kelmoqda.
Monitoringda internat uyida yashovchilarni, dam olishlari, sayr qilishlari hamda bo‘sh vaqtlarida o‘zlari yoqtirgan qo‘l mehnati bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.
Internat uyida yashovchi fuqarolarning yashash xonalari ko‘zdan kechirildi va muloqotga layoqatlilari bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi. Suhbat jarayonida ko‘pchilik qariyalarning tishlarida muammo borligi aniqlandi. Ushbu masala o‘rganilgandan bir necha yillardan buyon stomatolog shtati qisqartirilgani aniqlandi.
Monitoring natijalari ushbu ayollarga stomatologik yordam ko‘rsatishni tashkil etish zarurati mavjud ekanligini ko‘rsatmoqda. Mazkur masala yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati