Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning K.Adenauer jamg‘armasi bilan hamkorligi yana-da mustahkamlanmoqda  
Joriy yilning 14-mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova  K.Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatli vakili Andre Algermissena bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini  taʼminlash sohasidagi olib borilayotgan ishlar va Vakilning asosiy faoliyat yo‘nalishlari haqida so‘z bordi.

Andre Algermissena O‘zbekistonda so‘nggi yillarda olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi va Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning keng qamrovli  faoliyatini eʼtirof etar ekan hamkorlikni yana-da mustahkamlashdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar istiqboldagi hamkorlik loyihalari yuzasidan fikr almashishdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati