Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘zbekiston va Finlyandiya Ombudsmanlari o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash taklif qilindi
02 Okt
2023 yilning 29 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Xelsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi direktori Tuyya Braks bilan uchrashdi
Termiz shahridagi aholining huquqiy xabardorligi oshirildi
01 Okt
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.
Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi mintaqaviy vakili nogironligi bo‘lgan shaxslar murojaatlarini o‘rgandi
29 Sen
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘z faoliyatida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Chunki, Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar tahlili so‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlardan xabardor etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun 2022 yildan eʼtiboran respublikaning chekka hududlarida mahallalar kesimida fuqarolarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Buxoro Davlat Universiteti talabalari Ombudsman faoliyati bilan tanishishdi
28 Sen
2023 yilning 27 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Buxoro Davlat Universitetining "Tarix va yuridik" fakulteti talabalari bilan uchrashdi.
“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida tashkil etildi
28 Sen
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.
Turli vazirlik, idora va tashkilotlar matbuot kotiblari Ombudsman faoliyati bilan tanishishdi
28 Sen
2023 yilning 27-28 sentyabr kunlari O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va   Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan vazirlik, idora va tashkilotlar hamda hokimliklar axborot xizmatlari xodimlari, ommaviy axborot vositalari uchun o‘quv kurslari tashkil etildi.
Ombudsmanning Samarqanddagi mintaqaviy vakili “Turon” MFYda sayyor qabul o‘tkazdi
28 Sen
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Diyor Xusanov Samarqand shahridagi “Turon” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.
Ombudsman doimo aloqada va ochiq faoliyat olib bormоqda
27 Sen
Ijtimoiy tarmoqlarda “Mahkum joniga qasd qilgani aytilmoqda” nomli xabar tarqaldi. Unda Qashqadaryo viloyatidagi 10-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo o‘tayotgan Q.Sh. lezviya yutish yo‘li bilan o‘z joniga qasd qilgani, Q.Sh.ning ukasiga ko‘ra, uning ahvoli og‘ir bo‘lgani uchun karserdan chiqarilib, tibbiyot bo‘limiga olib kelinganligi, va go‘yoki Ombudsman yoki GUIN (JIED) bilan aloqa bo‘lganida masala haqida avvalo ularga xabar berilishi va ijtimoiy tarmoqqa chiqarilmasligiga urg‘u berilgan (keyinchalik ushbu xabar joylashtirgan shaxs tomonidan nomaʼlum sabablarga ko‘ra olib tashlangan).
Ombudsman Italiyadagi yurtdoshlarimiz bilan uchrashdi
25 Sen
2023 yilning 23 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Italiya Respublikasiga tashrifi davomida ushbu mamlakatda yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan uchrashdi.