Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Namangandagi 6-son tergov hibsxonasida tibbiy ko‘rik hamda sayyor qabul tashkil etildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan Namangan viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida Uychi tumanidagi 6-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Unda hibsxonada saqlanayotgan 200 nafardan ziyod mahkumlarga ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining 10 dan ortiq tor doiradagi shifokorlari, xususan terapevt, okulist, xirurg, urolog, kardiologlar zarur maslahatlar berishdi. Bundan tashqari, tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar elektrokardiogramma (EKG) va ultratovush tekshiruvi (UTT)dan ham o‘tkazildi.

Tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, 8 nafar shaxsga asab tizimi kasalliklari, 10 nafarida yurak-qon tomir, 4 nafarida ko‘z, 28 nafarida urologik, 17 nafarida endokrinologik, 115 nafarida boshqa turdagi kasalliklar aniqlanib, sog‘lomlashtirish rejasi tuzildi.

Kunning ikkinchi yarmida “Ombudsman qutisi”ga qoldirilgan murojaat mualliflari bilan yakka tartibda suhbatlashildi. Shuningdek, Ombudsman mintaqaviy vakiliga murojaat yo‘llash istagida bo‘lgan shaxslar uchun qabul tashkil etildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati