Mazkur holat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan nazoratga olinib, ishga oid hujjatlar o‘rganildi.
Paxtachi tuman prokuraturasining ma’lumotiga ko‘ra, 1988-yilda tug‘ilgan N.E. joriy yilning 17-may kunidan 18-may kuni o‘tar kechasi soat taxminan 01-30larda 5 nafar tanishlari bilan mashinada ketayotgan vaqtlarida tuman IIB JXX HPB profilaktika inspektori Sh.Islomov va boshqalar ularni to‘xtatib, uni urib tan jarohati yetkazgani bo‘yicha 102 raqamiga murojaat qoldirgan.
Ushbu holat 20.05.2025 yilda tuman prokuraturasining "Ye-material" dasturiga kiritilib tergovga qadar tekshirish harakatlari belgilangan.
Shuningdek, fuqaro N.E.ga sudga oid tibbiy ekspertiza tekshiruvi hamda tuman IIB JXX HPB profilaktika inspektori Sh.Islomov va boshqalarning hatti-harakatlari yuzasidan viloyat IIB boshlig‘i nomiga xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari davom etmoqda.
Ombudsman tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur holatni har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘rganish ta’minlanishini so‘raydi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati