Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari jazoni ijro etish muassasalariga amalga oshiradigan monitoring tashriflari doirasida mahkumlarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganish bilan bir qatorda, ularning ozodlikka chiqqanidan so‘ng jamiyatga moslashuvini yengillashtirishga qaratilgan tadbirlarga ham alohida eʼtibor qaratishadi.