Xabaringiz bor, Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Ombudsman soati" loyihasi doirasidagi darslar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Bu loyiha yosh avlodning huquqiy savodxonligini oshirish va o‘z huquqlarini himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.