2025 yil 14 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Olmazorda ayol kamida 80 kundan beri asossiz hibsda o‘tiribdi” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Unda fuqaro N.Davranova Toshkent shahar Olmazor tuman prokuraturasi va ichki ishlar organlari tomonidan uzoq muddat hibsda saqlanayotgani qayd etilgan.
Xabaringiz bor, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan ko‘p murojaatlar kelib tushadigan chekka hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
2025-yil 9-iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan “Huquq bilimdoni” Ombudsman viktorinasining yakuniy II bosqichi o‘tkazildi.
2025-yilning 4-5 iyun kunlari Ombudsman boshchiligida uning huzuridagi Qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha MPM doirasida faoliyat yurituvchi Jamoatchilik guruhlari tomonidan Farg‘onadagi qator penitensiar muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Aholining mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi tub o‘zgarishlar to‘g‘risidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan navbatdagi “Ombudsman maktabi” tadbiri Farg‘ona viloyatida tashkil etildi. Dastlab ushbu viloyatdan yuborilgan murojaatlar tahlil qilinib, hudud uchun dolzarb bo‘lgan masalalar tanlab olindi va tegishli tashkilot vakillari jalb etildi.
Bugungi kunda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va ular o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini yana-da kuchaytirishni anʼanaviy usullar bilan cheklanib qolmasdan, zamonaviy vositalar yordamida ham amalga oshirish zarurati oshib bormoqda.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga 3 nafar fuqaro mehnat huquqlarining takroriy tarzda qo‘pol ravishda buzilayotgani bo‘yicha murojaat qilishdi.
O‘tgan hafta davomida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Andijon, Samarqand hamda Buxoro viloyatlaridagi mintaqaviy vakillari tomonidan koloniya va hibsxonalarda saqlanayotgan shaxslarning murojaatlari o‘rganildi.