Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Sayyor qabullarda aholi murojaatlari ijobiy yechim topmoqda
Xabaringiz bor, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan ko‘p murojaatlar kelib tushadigan chekka hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabullar Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Romitan tumanida hamda Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan eng ko‘p murojaatlar yuborilayotgan hudud – Jalaquduq tumanida o‘tkazildi.

Taʼkidlash joizki, qabullarga tegishli davlat organlari vakillari ham jalb etilib, aholiga ularni qiynayotgan masalalar bo‘yicha masʼullarga to‘g‘ridan to‘g‘ri, shu vaqtning o‘zida murojaat qilish imkoniyati ham yaratildi.

Sayyor qabullar jarayonida 40 nafardan ortiq fuqarolar o‘z murojaatlarini qoldirishdi. Ularda asosan ish bilan taʼminlash, ijtimoiy va moddiy yordam olish, uy-joy, aliment, bank xizmatlaridan foydalanish, bepul yuridik maslahat olish kabi masalalar ko‘tarilgan.

Fuqarolarning har bir murojaati alohida o‘rganilib, qonunchilik doirasida tegishli tushuntirishlar berildi hamda muammolarni joyida hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi. Ayrim masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlar va mutasaddi idoralarga joyida topshiriqlar berildi.

Qabuldan so‘ng Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili ishchi guruh bilan birgalikda bir qancha fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurib, joylarda aholi muammolarini ham o‘rganishdi.

Shu kabi sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitish, samarali yechim topish va shu orqali fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati