Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Toshkentdagi Ruhiy asab-kasalliklar dispenseriga monitoring tashrifi amalga oshirildi
24 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili B.Masharipov tomonidan joriy yilning 24-iyul kuni Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli 1-son shahar Ruhiy-asab kasalliklar dispanseriga monitoring tashrifi amalga oshirildi. 
Namangan koloniyasida 100 nafarga yaqin mahkum va mahbuslar kasb-hunarga o‘qitildi 
24 Iyu
Xabaringiz bor, Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan “Hunarmand” uyushmasining Namangan viloyati boshqarmasi bilan birgalikda viloyatdagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlar kasb-hunarga o‘rgatilmoqda. 
Xorazmdagi Narkologiya markazida qanday kamchiliklar aniqlandi?
23 Iyu
Joriy yilning 23-iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili O.Ollayorov Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm viloyati mintaqaviy filialiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakili ham ishtirok etdi. 
23 Iyu
2024-yilning 23-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.  
Ombudsman tavsiyasiga ko‘ra, 23-son mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxona negizida ayollar bo‘linmasi ish boshladi
23 Iyu
2024-yilning 23-iyul kuni 23-son mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxona negizida 50 o‘rinli ayollar bo‘linmasining ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari, Kotibiyat xodimlari ham ishtirok etib, bemorlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.
Fuqaroning Psixonevrologiya dispanseriga majburiy joylashtirilgani haqidagi xabar tasdiqlanmadi 
23 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Aspekt24.uz internet nashri muharriri bir fuqaro Andijon viloyati Psixonevrologiya dispanseriga majburiy joylashtirilganligi yuzasidan murojaat qildi. Ushbu murojaat nazoratga olinib, Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakiliga o‘rganish uchun yuborildi. 
Andijon “Saxovat” internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirildi
20 Iyu
2024 yilning 18 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili(ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili G.Abduvohidova Andijon “Saxovat” internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unda Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik boshqarmasi vakili ham ishtirok etdi.
Manzil koloniyadan Qo‘ng‘irot tumani tibbiyot birlashmasiga yuborilgan mahkum holidan xabar olindi
19 Iyu
Joriy yilning 15 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy Qo‘ng‘irot tumanidagi 27-son manzil koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.