Monitoring tashriflari davomida ushbu muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning yotoq joylari, yuvinish xonalari, oshxona, tibbiyot bo‘limi, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalari bilan taʼminlanganligi hamda ularni saqlash sharoitlari, kutubxona, madaniy dam olish, telefon orqali so‘zlashuv, tintuv xonalari, sayilgoh, tergov va advokatlar xonalaridagi sharoitlar, shuningdek, muassasalar hududida o‘rnatilgan videokuzatuv kameralarining holati ko‘zdan kechirildi.
Monitoringlarda avvalgi tavsiyalarning ijrosi o‘rganildi hamda tavsiyalarning bajarilganligi maʼlum bo‘ldi. Xususan, Jarqo‘rg‘on tumani va Termiz shahridagi VSHda sunʼiy shamollatish tizimi yangilangan, sayr maydonchalariga o‘rindiqlar o‘rnatilgan va sanitariya-gigiyena holatlari yaxshilangan.
Bundan tashqari, REMda dori-darmonlar ro‘yxati mavjud emasligi va ayrim zarur dori vositalari yetishmasligi maʼlum bo‘ldi.
Shuningdek, Jarqo‘rg‘on tumanidagi hushyorxonada Vazirlar Mahkamasining 644-son qarorining talablariga qaramay, muassasada qo‘riqlash xizmati tashkil etilmagan.
Maxsus qabulxona, Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo filiali va Termiz shahridagi hushyorxonada jiddiy kamchiliklar qayd etilmadi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






