Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qozog‘istonda konstitutsiyaviy islohotlarning inson huquqlarini ta’minlashdagi ahamiyati muhokama qilindi
2026 yil 30 iyun kuni Ostona shahrida Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan “Yangi Konstitutsiya: barqaror rivojlanishning institutsional va huquqiy asosi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Onlayn formatda tashkil etilgan tadbirda Qozog‘iston davlat organlari, Parlamenti, sud tizimi, advokaturasi, xalqaro tashkilotlar, ilmiy va ekspertlar hamjamiyati, shuningdek, mamlakat va xorijning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan 150 nafardan ortiq vakil ishtirok etdi.

Konferensiyada konstitutsiyaviy islohotlarning huquqiy davlatni mustahkamlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish hamda barqaror rivojlanishni ta’minlashdagi o‘rni muhokama qilindi. Shuningdek, qator davlatlarda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar tajribasi va zamonaviy konstitutsiyaviy rivojlanish tendensiyalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova ham onlayn formatda ishtirok etdi.

Ombudsman o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahririda inson qadr-qimmati oliy qadriyat sifatida e’tirof etilgani, huquqiy davlat tamoyillari hamda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash va himoya qilish kafolatlari yanada mustahkamlanganini ta’kidladi. Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish davlatning ustuvor burchi sifatida Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgani hamda mazkur konstitutsiyaviy normalar bugungi kunda qabul qilinayotgan qonunlarda va huquqni qo‘llash amaliyotida izchil o‘z ifodasini topayotganini qayd etdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.