Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Raddiya: Ombudsman nomi bilan noto‘g‘ri xabarlar tarqatilmoqda
Ayrim internet nashrlarida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) boshqa tashkilot bilan adashtirilib, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan xabarlar tarqatildi.

Xususan, xalq orasida “Sanjik” taxallusi bilan tanilgan fuqaro K.S.ga nisbatan apellyatsiya bosqichida ko‘rilayotgan jinoyat ishi yuzasidan Ombudsman tomonidan sud hukmiga nisbatan xulosa berilgani haqidagi maʼlumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Mazkur xabarni tarqatgan ommaviy axborot vositalari va axborot resurslaridan xabarni tuzatish va Ombudsman nomini olib tashlash so‘raladi.

Har bir chiqarilayotgan xabar aniq manbaga tayanilishi lozimligi eslatib o‘tiladi!



Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati