Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘ta xavfli residivistni tergov hibsxonasiga tez-tez chaqirilayotgani haqidagi xabar Ombudsman tomonidan o‘rganilmoqda
30 Iyu
Joriy yilning 29-iyul kuni generalissimus_uzb telegram kanalida “JIEM va tergov hibsxonalarini prokuratura nazorat qilmay qo‘ydimi yoxud o‘ta xavfli residivist JIEMdan IIV Markaziy tergov hibsxonasiga nega tez-tez chaqirilmoqda” nomli xabar e’lon qilindi. Unda 2010-yilda ozodlikdan mahrum qilingan o‘ta xavfli residivistni 2023-2024 yillarda har oy tergov hibsxonasiga chaqirtirilgani qayd etilgan va holat Ombudsman tomonidan o‘rganilishi so‘ralgan.
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda
30 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga bir necha fuqarolar buzilgan huquqlarini tiklashda amaliy yordam so‘rab murojaat qilishdi.
Ombudsman murojaatlarni ko‘rib chiqishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilmoqda
30 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakiliga fuqaro F.L. aldov yo‘li bilan Rossiyaga ishlashga olib ketilgan singlisini O‘zbekistonga qaytarib olib kelishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
Respublikamiz bo‘ylab odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
29 Iyu
Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan 30-iyul – “Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni” deb e’lon qilingan. Sababi dunyodagi barcha mamlakatlar odam savdosidan jabrlanishadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, odam savdosi qurbonlarining 71 foizini ayollar va bolalar tashkil etadi.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida»gi  qonun loyihasida qanday yangi normalar aks etgan?
29 Iyu
Joriy yilning 23-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, konseptual maʼqullangan edi.
Ombudsman: Sobiq eri tomonidan zo‘ravonlikka uchragan qiz holati o‘rganilmoqda
29 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) NeMolchi.uz telegram sahifasida eʼlon qilingan "Bo‘g‘ib, qon ketguncha zo‘rlardi" sarlavhasi ostida eʼlon qilingan xabarni o‘rganmoqda.
Xivadagi nogironligi bo‘lgan erkaklar “Muruvvat” internat uyidagi sharoitlar o‘rganildi
26 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan Xiva “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyiga monitoring tashrifi amalga oshirildi. 
Toshkentdagi Ruhiy asab-kasalliklar dispenseriga monitoring tashrifi amalga oshirildi
24 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili B.Masharipov tomonidan joriy yilning 24-iyul kuni Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli 1-son shahar Ruhiy-asab kasalliklar dispanseriga monitoring tashrifi amalga oshirildi. 
Namangan koloniyasida 100 nafarga yaqin mahkum va mahbuslar kasb-hunarga o‘qitildi 
24 Iyu
Xabaringiz bor, Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan “Hunarmand” uyushmasining Namangan viloyati boshqarmasi bilan birgalikda viloyatdagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlar kasb-hunarga o‘rgatilmoqda.