Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Yashil makon”: Ozodlikka ishora yoxud yangi hayot sari qadam
2025-yil 14-mart kuni Sirdaryo viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda 40-son manzil-koloniyasi rahbariyati tashabbusi bilan muhim ekologik tadbir o‘tkazildi.

12 nafar xodim va 25 nafar mahkum ishtirok etgan ushbu tadbirda 1000 dona tut va 1500 dona na’matak ko‘chatlari ekildi.

Daraxt ekish – bu yerda jazo muddatini o‘tayotganlar uchun nafaqat atrof-muhitga ijobiy hissa qo‘shish, balki kelajakka, yangi hayotga ramziy tayyorgarlik hamdir. Ular ekilgan daraxtlarni parvarishlar ekan, o‘z hayotlariga ham boshqacha nazar tashlay boshlashadi.

“Yashil makon” nafaqat tabiatni, balki inson qalbini ham yashillashtirishga qaratilgan tashabbusdir.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati