Tibbiy ko‘rikka Andijon viloyati Sog‘likni saqlash boshqarmasining 10 nafarga yaqin tor doiradagi shifokorlar guruhi jalb etildi. Shuningdek, mahkum va mahbuslar qon tahlillari, ultratovush tekshiruvi (UTT), EKG hamda rentgen uskunalari yordamida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha aniqlangan kasalliklar dispanser nazoratiga olinib, mutaxassis shifokorlarning tavsiyasiga asosan kerakli tibbiy muolajalar belgilab olindi.
Shuningdek, hibsxona hududidagi “Ombudsman quti”siga arizasi kelib tushgan 6 nafar mahbus bilan uchrashilib, ularning murojaatlari ijobiy hal qilindi.
Bundan tashqari, Ombudsmanning mintaqaviy vakili mazkur hibsxonada saqlanayotgan mahkum va mahbuslar bilan jamoaviy hamda 72 nafar shaxs bilan yakka tartibda suhbatlashib, ular murojaatlarini qabul qildi.
Tashrif so‘nggida 19 nafar xo‘jalik ishlariga jalb qilingan mahkumlar bilan ham uchrashilib, suhbatlar o‘tkazildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati