Tashriflar chog‘ida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish, mehnatga jalb etilish, yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv, murojaat qilish kabi huquqlarining taʼminlanish holati o‘rganildi. Kameralar va xonalarda sanitariya holati, videokuzatuv tizimi, advokatlar bilan uchrashish va pochta hamda yo‘qlovlarni olish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Monitoring davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi bir nechta tuman tibbiy punktlari, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani IIB huzuridagi vaqtincha saqlash hibsxonasi, shuningdek Andijon shahridagi Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi va 3-son tergov hibsxonasi, Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi vaqtincha saqlash hibsxonasi, Qorako‘l “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi, Namangan viloyati Kosonsoy Uchqo‘rg‘on tuman tibbiy yordam ko‘rsatish punkti, 6-son JIEK, Samarqand viloyati IIB JXX JTSB bo‘linmalari vaqtincha saqlash hibsxonasi, Urgut tumani IIB vaqtincha saqlash hibsxonasi, Sirdaryo viloyati Guliston shahar vaqtincha saqlash hibsxonasi, Sirdaryo viloyati maxsus qabulxonasi, “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyi va 40-son manzil-koloniyasi va shu koloniyadagi mahkumlar ishlaydigan korxonalari, Navoiy viloyatidagi 4, 5, 11-son jazoni ijro etish koloniyalari hamda Qashqadaryo viloyatidagi 2, 3-sonli jazoni ijro etish koloniyalariga monitoring tashriflari o‘tkazildi.
Shuningdek, monitoringlar davomida “Ombudsman quti”lari orqali kelib tushgan murojaatlar qabul qilindi, ayrim muassasalarda sayyor qabullar o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari bevosita eshitildi.
Monitoring natijalari yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarga Ombudsmanning taʼsir choralari shaklidagi hujjatlar kiritilishi taʼminlanadi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati