Qabulda mehnat huquqlari, pensiya, afv, uy-joy va boshqa masalalarda murojaatlar kelib tushdi. Har bir murojaat alohida tartibda ko‘rib chiqilib, murojaatchilarga amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tegishli davlat organlari va tashkilotlar mutaxassislari ishtirokida qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar aniqlandi. Ayrim murojaatlar esa joyiga chiqib o‘rganish va aniq chora-tadbirlar ko‘rish uchun Ombudsmanning tegishli mintaqaviy vakillariga yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, fuqarolar o‘z murojaatlarini quyidagi tartibda taqdim etishlari mumkin:
www.ombudsman.uz rasmiy sayti
“Ombudsman.uz” mobil ilovasi
1096 ishonch telefoni
Ombudsman markaziy apparati yoki mintaqaviy vakillari qabuli (manzillar saytda ko‘rsatilgan)
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati