Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Maktablarda o‘quvchilarning Konstitutsiyaga oid bilimlari mustahkamlanmoqda
21 Okt
Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Ombudsman soati" loyihasi doirasidagi darslar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Ushbu loyihani amalga oshirishdan asosiy maqsad o‘quvchilarning inson huquq va erkinliklari bo‘yicha bilimlarini oshirish hisoblanadi.
Ombudsman va Xelsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi vakili o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi
18 Okt
2024 yilning 18 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Xelsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi direktori Tuyya Braks bilan uchrashdi.
Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari Ombudsman faoliyati bilan tanishdi
18 Okt
2024 yil 18 oktyabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetining “Fuqarolik va biznes huquqi” fakulteti 2-kurs talabalari Ombudsman faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Navoiy viloyatidan yuborilgan murojaatlar tahliliga asosan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
17 Okt
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Navoiy viloyatidan eng ko‘p murojaat yuborilgan tuman aniqlanib, ushbu hudud aholisi tomonidan ko‘tariladigan masalalarga bag‘ishlangan “Ombudsman maktabi” tadbiri o‘tkazildi.
Farg‘onada mahkumlar murojaatlari o‘rganildi 
16 Okt
2024-yil 16-oktabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili va Ijtimoiy ko‘nikma markazi bilan birgalikda viloyatdagi 10-sonli tergov hibsxonasida xo‘jalik ishlariga jalb qilingan mahkumlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. 
Murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
16 Okt
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risidagi Qonunning 10 moddasiga ko‘ra, Vakil O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning o‘z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzayotgan tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoxud harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi va u o‘z tekshiruvini o‘tkazish huquqiga ega.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman YEXHTning DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
14 Okt
2024 yilning 14 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) missiyasi rahbari Ueyk Duglas bilan uchrashdi.
Murojaatchi uyiga yaqin hududda boshlangan qurilish ishlari to‘xtatildi - Ombudsman
14 Okt
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi fuqaro A.S. xonadoni oldidan atiga 5 metrlik masofa uzoqligida qurilish boshlanganidan norozi bo‘lib murojaat qildi. Murojaat nazoratga olinib, joyiga chiqib o‘rganish uchun Ombudsmanning Andijondagi mintaqaviy vakiliga yo‘naltirildi.
Namangandagi vaqtincha saqlash hibsxonasi va tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar murojaatlari o‘rganildi
11 Okt
Joriy yilning 9 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan viloyatdagi Vaqtincha saqlash hibsxonasiga (VSH) monitoring tashrifi amalga oshirildi.