Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida “Ombudsman maktabi” loyihasi tadbiri bo‘lib o‘tdi
08 May
"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida"gi Qonunning 20 prim 2 moddasida Vakil fuqarolarning inson huquqlari va erkinliklari sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari va xalqaro shartnomalari, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari hamda normalari to‘g‘risidagi bilimi va xabardorligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rishi belgilangan.
Toshkent viloyatidagi 1-son Tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi
06 May
Joriy yilning 6 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va uning huzuridagi jamoatchilik guruhlari vakillari tomonidan Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi 1-son Tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.
Nukusdagi tartibsizliklar bo‘yicha sudlangan 21 nafar shaxs ishi apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilmoqda
05 May
Komissiya aʼzolari 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblangan shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi instansiya sud muhokamalarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishgan edi.
Ombudsman Shaxrisabzda fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
05 May
2023 yilning 5 may kuni Qashqadaryo viloyatining Shaxrisabz tumanidagi 17-sonli musiqa maktabida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tashabbusi bilan “O‘zbekiston xalqchil va ijtimoiy davlatdir” mavzusida “Ombudsman maktabi” tadbiri o‘tkazildi.
Xazorasp tumanidagi vaqtincha saqlash hibsxonasida qanday kamchiliklar aniqlandi?
04 May
2023 yilning 4 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Ollayorov boshchiligida Hazorasp tumani IIB Vaqtincha saqlash hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.
Qiynoq holati bo‘yicha tarqalgan holat yuzasidan Ombudsman rasmiy munosabati
02 May
Ijtimoiy tarmoqlarda, Namangan viloyati Pop tumani Chodak qishlog‘ida yashovchi Doniyor To‘raxo‘jayevning bosqinchilikda gumonlangan 40 yoshdagi ukasi Dilshodjon joriy yilning 12-15 aprel kunlari Toshkent shahar IIBB Tergov bo‘limi xodimlari tomonidan qiynoqqa solinganligi, og‘iz va qo‘llari skotch bilan bog‘lanib, shafqatsiz muomalaga duchor qilinganligi bo‘yicha xabarlar tarqaldi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning 2022 yildagi murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha faoliyati yuzasidan  BRIFING
02 May
2022 yilda Ombudsman nomiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan, chet el fuqarolari va xorijiy davlatlar ombudsmanlaridan, shuningdek harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslar, ularning yaqin qarindoshlari va advokatlardan jami 17761 ta murojaat kelib tushgan. Bu ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan 977 taga yoki 5,2 foizga kamaygan.
Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyat filialiga monitoring tashrifi amalga oshirildi
01 May
2023 yilning 28 aprel kuni Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyat filialiga monitoring tashrifi amalga oshirdi.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
28 Apr
2023 yilning 28 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda 15 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi va nazoratga olindi.