Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanga yuborilgan murojaatlar asosida monitoring tashrifi amalga oshirildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Navoiy viloyatidagi 4 va 5-son jazoni ijro etish koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan ikki nafar mahkumning yaqin qarindoshlari tomonidan murojaatlar kelib tushdi.

Ushbu murojaatlar nazoratga olinib, Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. Tashrif davomida murojaatlar yuzasidan tegishli maʼlumotlar to‘plandi va mahkumlar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazildi. 

Shundan so‘ng, mahkumlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va ularning sog‘lig‘i yuzasidan hech qanday shikoyatlar aniqlanmadi. Shifokorlar tomonidan ularning tibbiy yordamga ehtiyoji yo‘qligi bo‘yicha xulosa berildi.

Monitoring tashrifi davomida boshqa mahkumlar bilan ham jamoaviy tartibda suhbatlar o‘tkazildi. Ularning yashash, ovqatlanish, mehnat qilish va tibbiy xizmatlardan foydalanish sharoitlari hamda issiqlik tizimining ishlash holati o‘rganildi. Shuningdek, mahkumlarning muassasadagi sharoitlar va xodimlar bilan munosabatlar borasidagi fikrlari tinglandi.

Monitoring jarayonida koloniyalarda o‘rnatilgan “Ombudsman quti”lari ko‘zdan kechirildi va kelib tushgan murojaatlar qabul qilindi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Ombudsman tavsiyalari tayyorlanishi maʼlum qilindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati