Ombudsmanning so‘roviga ko‘ra, murojaat Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi vakillari ishtirokida qayta o‘rganildi. Ushbu o‘rganish davomida fuqaroning ish stajiga oid arxiv hujjatlaridagi ma’lumotlarning noaniq kiritilgani sababli uning oylik ish haqi ma’lumotlari pensiya hujjatiga kiritilmagani aniqlandi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, Pensiya jamg‘armasi xodimlari tomonidan fuqaroning pensiya ishi 2015 yil 1 avgustdan boshlab qayta hisoblandi. Natijada O‘zbekiston Respublikasi "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonunining 59-moddasi asosida fuqaroga to‘lanmagan salkam 49 mln so‘m kompensatsiya to‘lab berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati