Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Sirdaryoda maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash sharoitlari o‘rganildi va aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi
2025 yilning 8 yanvar kuni Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Alimov tomonidan Viloyatdagi Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan Maxsus qabulxonaga monitoring tashrifi amalga oshirilgan edi.

Unda, Maxsus qabulxonada saqlanuvchi shaxslarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish sharoitlari o‘rganilgan va ushbu muassasada saqlanayotgan shaxslar bilan suhbatlashilgan edi. 

Aniqlanishicha, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning advokat, qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan uchrashuv xonalari tashkil etilgan, ularning telefon orqali so‘zlashuv huquqlari taʼminlanmoqda.

Monitoring tashrifi davomida qator kamchiliklar ham aniqlangan edi. Ombudsmanga maʼlum qilinishicha, zudlik bilan aniqlangan barcha kamchiliklar bartaraf etilgan. Jumladan, ayrim kameralardagi yashash sharoitlari va suv bilan bog‘liq muammolar hal etilgan, shuningdek, zarur dori vositalari olib kelingan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati